TUGANAK BAKTERIYALARNI O‘ZIDA SAQLOVCHI TUPROQ VA FOSSTIM–3 BIO O‘G‘ITI QO‘LLASHNI SOYA NAVLARINING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

Authors

  • Jahongir Usmonali o‘g‘li Hamdamov Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasi ilmiy xodimi
  • M’mura Mannopova Andijon qishloq xo‘jligi va agrotexnologiyalari instituti “O‘simlilshunoslik” kafedrasi q.x.f.n., dotsenti.

Keywords:

Coya, nav, Baraka, To‘maris man-3, tuproq, Bradyrthizobium Japonicum, FOSSTIM-3, bakterial, bioo‘g‘it.

Abstract

Soya o‘simligi dukkakli ekinlar qatoriga kiradi. Bu o‘simlik tuproqda yashovchi Bradyrthizobium Japonicum bakteriyasi bilan simbioz holda yashab atmosferadagi 70%dan ko‘p bo‘lgan azotni fotosentez jarayonida o‘zlashtirib, o‘zi uchun foydalangani va tuproqqa o‘rtacha 50-150kg gacha biololik azot to‘playdi. Ushbu maqolada yuqoridagi bakteriya va fosfor parchalovchi FOSSTIM-3 bakterial bioo‘g‘iti bilan birga qo‘llagandagi o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri o‘rganilib, natijalari taxlil qilindi. Olib borilgan tadqiqotlarda soyaning 2 xil navi o‘rtapishar To‘maris Man-3 va o‘rta kechki Baraka navlarida olib borildi. Bradyrthizobium Japonicum bakteriyasi mavjud bo‘lgan tuproqlarni Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti tajriba dalasida ko‘p yillar almashlab ekib kelinayotgan soya dalasidagi tuproqning 0-15 va 15-25 sm qatlamlaridan gektariga 1000kg/ga va 1500kg/ga miqdorida olib ilk bor soya ekilayotgan yoki soya o‘stirilgan tuproqlarda Bradyrthizobium Japonicum bakteriyasi hosil bo‘lmagan tuproqlarga ekishdan oldin tuproqqa ishlov berildi. FOSSTIM-3 bakterialli bioo‘g‘itinidan 1000 ml/ga bu 50-80 kg urug‘ga ishlov berish uchun yetarli bo‘ladi. FOSSTIM-3 bu tuproqlarda o‘zlashtirilmay qolib ketayotgan fosfor birikmalarini o‘simlik o‘zlashtira oladigan holatga o‘tkazishdan iborat.

References

Mannopova M., Yaqubov.Z. Soyaning yangi “Baraka” navi // Agro ilm jo‘rnali Toshkent, 2017. №1(45). – B. 24.

Ne’matov U. Kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekilgan soyaning istiqbolli «Yug-30», «5334» navlarini sug‘orish rejimini hosilning shakllanishiga ta’siri.// O‘zbekistonda bug‘doy seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish texnologiyasiga bag‘ishlangan birinchi milliy konferensiya. Toshkent, 2004. 245-b.

Iminov A., Xoldarova D. Soyaning quruq massa to‘plashi va don hosildorligiga nitragin hamda mineral o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri. Agro ilm maxsus son. 2019. B. 53-54.

Iminov A., Karimov Sh., Usmonova D. Tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarning o‘zgarishiga dukkakli don ekinlarida azotni faol o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalar va mineral o‘g‘itlar qo‘llashning ta’siri. Agro Ilm. 2020 № 2 [65]. B. 33-34.

https://www.atlasbig.com/en-us/countries-soybean-production

https://latifundist.com/rating/top-10-proizvoditelej-soi-v-mire-v-2019-godu https://latifundist.com/rating/top-10-proizvoditelej-soi-v-mire-v-2019-godu

Downloads

Published

2022-12-26

Issue

Section

Articles

How to Cite

TUGANAK BAKTERIYALARNI O‘ZIDA SAQLOVCHI TUPROQ VA FOSSTIM–3 BIO O‘G‘ITI QO‘LLASHNI SOYA NAVLARINING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. (2022). Proceedings of International Educators Conference, 1(3), 453-460. https://econferenceseries.com/index.php/iec/article/view/768