TUGANAK BAKTERIYALARNI O‘ZIDA SAQLOVCHI TUPROQ VA FOSSTIM–3 BIO O‘G‘ITI QO‘LLASHNI SOYA NAVLARINING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Keywords:
Coya, nav, Baraka, To‘maris man-3, tuproq, Bradyrthizobium Japonicum, FOSSTIM-3, bakterial, bioo‘g‘it.Abstract
Soya o‘simligi dukkakli ekinlar qatoriga kiradi. Bu o‘simlik tuproqda yashovchi Bradyrthizobium Japonicum bakteriyasi bilan simbioz holda yashab atmosferadagi 70%dan ko‘p bo‘lgan azotni fotosentez jarayonida o‘zlashtirib, o‘zi uchun foydalangani va tuproqqa o‘rtacha 50-150kg gacha biololik azot to‘playdi. Ushbu maqolada yuqoridagi bakteriya va fosfor parchalovchi FOSSTIM-3 bakterial bioo‘g‘iti bilan birga qo‘llagandagi o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri o‘rganilib, natijalari taxlil qilindi. Olib borilgan tadqiqotlarda soyaning 2 xil navi o‘rtapishar To‘maris Man-3 va o‘rta kechki Baraka navlarida olib borildi. Bradyrthizobium Japonicum bakteriyasi mavjud bo‘lgan tuproqlarni Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti tajriba dalasida ko‘p yillar almashlab ekib kelinayotgan soya dalasidagi tuproqning 0-15 va 15-25 sm qatlamlaridan gektariga 1000kg/ga va 1500kg/ga miqdorida olib ilk bor soya ekilayotgan yoki soya o‘stirilgan tuproqlarda Bradyrthizobium Japonicum bakteriyasi hosil bo‘lmagan tuproqlarga ekishdan oldin tuproqqa ishlov berildi. FOSSTIM-3 bakterialli bioo‘g‘itinidan 1000 ml/ga bu 50-80 kg urug‘ga ishlov berish uchun yetarli bo‘ladi. FOSSTIM-3 bu tuproqlarda o‘zlashtirilmay qolib ketayotgan fosfor birikmalarini o‘simlik o‘zlashtira oladigan holatga o‘tkazishdan iborat.
References
Mannopova M., Yaqubov.Z. Soyaning yangi “Baraka” navi // Agro ilm jo‘rnali Toshkent, 2017. №1(45). – B. 24.
Ne’matov U. Kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekilgan soyaning istiqbolli «Yug-30», «5334» navlarini sug‘orish rejimini hosilning shakllanishiga ta’siri.// O‘zbekistonda bug‘doy seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish texnologiyasiga bag‘ishlangan birinchi milliy konferensiya. Toshkent, 2004. 245-b.
Iminov A., Xoldarova D. Soyaning quruq massa to‘plashi va don hosildorligiga nitragin hamda mineral o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri. Agro ilm maxsus son. 2019. B. 53-54.
Iminov A., Karimov Sh., Usmonova D. Tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarning o‘zgarishiga dukkakli don ekinlarida azotni faol o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalar va mineral o‘g‘itlar qo‘llashning ta’siri. Agro Ilm. 2020 № 2 [65]. B. 33-34.
https://www.atlasbig.com/en-us/countries-soybean-production
https://latifundist.com/rating/top-10-proizvoditelej-soi-v-mire-v-2019-godu https://latifundist.com/rating/top-10-proizvoditelej-soi-v-mire-v-2019-godu
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.