SPORT SHARTNOMALARI SUBYEKTLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI (TEZIS)

Authors

  • Shodiyev Rimboy Shoxzoda o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universiteti O‘quv-uslubiy boshqarma (registrator ofisi) talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi uslubchisi

Keywords:

Professional sportchi, sport federatsiyalari, jismoniy tarbiya va sport uyushmalari, individual oʻquv rejasi

Abstract

Professional sportchi – professional sport uning asosiy faoliyati boʻlgan, shartnomaga yoki boshqa asoslarga muvofiq sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va qatnashish uchun ish haqi va boshqa pul mukofotlarini oladigan sportchidir. Bunda professional sportchilarning faoliyati u bilan tuziladigan shartnomaviy huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shuningdek xalqaro va respublika jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari ustavlari asosida ishlab chiqilgan va tegishli sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari bilan kelishilgan holda professional jismoniy tarbiya va sport uyushmalari tomonidan tasdiqlanadigan normalar bilan tartibga solinadi. Faqatgina professional sportchilar emas, balki murabbiylar va boshqa sport sohasi subyektlari ham shartnomaviy huquqiy munosabatlarga kirishayotganda qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda fuqaroviy-huquqiy va mehnat qonunchiligiga boʻysunadilar.

Downloads

Published

2022-10-07

Issue

Section

Articles

How to Cite

SPORT SHARTNOMALARI SUBYEKTLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI (TEZIS). (2022). Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities , 1(2), 10-15. https://econferenceseries.com/index.php/icedh/article/view/68