SPORT SHARTNOMALARI SUBYEKTLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI (TEZIS)

Main Article Content

Shodiyev Rimboy Shoxzoda o‘g‘li

Abstract

Professional sportchi – professional sport uning asosiy faoliyati boʻlgan, shartnomaga yoki boshqa asoslarga muvofiq sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va qatnashish uchun ish haqi va boshqa pul mukofotlarini oladigan sportchidir. Bunda professional sportchilarning faoliyati u bilan tuziladigan shartnomaviy huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shuningdek xalqaro va respublika jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari ustavlari asosida ishlab chiqilgan va tegishli sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari bilan kelishilgan holda professional jismoniy tarbiya va sport uyushmalari tomonidan tasdiqlanadigan normalar bilan tartibga solinadi. Faqatgina professional sportchilar emas, balki murabbiylar va boshqa sport sohasi subyektlari ham shartnomaviy huquqiy munosabatlarga kirishayotganda qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda fuqaroviy-huquqiy va mehnat qonunchiligiga boʻysunadilar.

Article Details

How to Cite
Shodiyev Rimboy Shoxzoda o‘g‘li. (2022). SPORT SHARTNOMALARI SUBYEKTLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI (TEZIS). Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities, 1(2), 10–15. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/icedh/article/view/68
Section
Articles