KINOYA, UNING TURLARI VA ESTETIK BAHOLASH MEZONLARI

Main Article Content

Gulnoza Jumayeva

Abstract

Kinoyaga insonlar boshqa birovni xafa qilmaslik yoki yumshoq masxara va tanqid orqali vaziyatni yumshatishda ishlatiladigan ritorik hiyla sifatida qarashgan. Bugungi kunda esa, bu termin asosan haqiqatning dushmanlik hodisalariga qarshi ularni masxara qilish orqali kurashishni ifodalaydi. Ta’sir qilishning shavqatsizligi, keskinligi anglangan holatda bu terminning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Inson qachondan boshlab kinoyani anglaydi, yoki voqeylikka bunday munosabat qilishni boshlaydi? Soha mutahasisslariga ma’lumki bolalar adabiyotida sarkazm, kinoyani uchratish birmuncha qiyin. Uchragan taqdirida ham uni o‘qigan bolalar buni samimiy va boricha qabul qilishadi. Sirtdan qaraganda kinoya shunchaki kulguni jiddiylik orqali ifodalash bo‘lib ko‘rinsa ham, odatda qahramon tilidan biror ijtimoiy yoki axloqiy muammoga nispatan shikoyatni bayon qiladi va bu shikoyat bir voqea yo personajga nispatan emas, jamiyatning butun boshli qatlamiga nispatan zamon yo makonga bog‘lab ham berilishi mumkin. Kinoya o‘zining ifoda turi, ya’ni asardagi anlatish usuliga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. Har bir tur iodkorning o‘zigagina xos uslubi orqali bayon qilinadi. Garchi kinoyaning ifoda turi turli xil bo‘lsa ham, umumiy mohiyat o‘zgarmaydi. Adabiyotshunoslar asosan kinoyani katta uch turga bo‘lishadi

Article Details

How to Cite
Gulnoza Jumayeva. (2024). KINOYA, UNING TURLARI VA ESTETIK BAHOLASH MEZONLARI. Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences, 3(4), 203–210. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/srnss/article/view/4321
Section
Articles

References

M. Sheraliyeva. Hozirgi o‘zbek nasrida kinoya. Doctor of Philosoph disertatsiyasi

A. Husayniy. Badoyi’ us-sanoyi.-T.: Adabiyot va san’at, 1981.

Д.Қуронов, З. Мамажонов, Мералиева. Адабиётшунослик луғати. Т.: Akademnashr, 2010.- Б. 131-132

https://qomus.info/encyclopedia/cat-k/kinoya-uz/

https://blog.alter.ru/psychotherapy/sarkazm-chto-jeto-takoe-i-dlja-chego-ljudi-ego-ispolzujut/#sarkazm-cto-eto-takoe-prostymi-slovami

https://www.culture.ru/s/slovo-dnya/ironiya/

https://liberalarts.oregonstate.edu/wlf/what-irony

https://writers.com/irony-definition