AYOLLARNING OILADAGI HUQUQLARINING FIQHIY ASOSLARI

Authors

  • Abdulfaizova Durdona O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti

Abstract

Muqaddas dinimiz Islomda barchaga birdek xitob qilinib, erkak va ayollarga tenglik ila muomala qilingan. Haq-huquqlarda birini boshqasidan ustun qo‘yilmagan. Shuningek, islom shariati umumiy shaklda aniq maqsadga erishishni ko‘zlagan bo‘lib, u “himoya” deb ataladi. Himoya esa turli jabhalarda, turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Xususan, ayollarning sha’ni, ularga taalluqli bo‘lgan barcha narsa islom dini asosida himoya etiladi. Shu sababdan ham Qur’oni karim va sunnati nabaviyda ayollarga oid haq-huquqlar, nozik va daqiq ta’riflar alohida e’tibor bilan keltiriladi, adolat, latofat va mehr ila bayon qilinadi. Qur'oni Karimdagi uchinchi eng katta sura “Niso” ya’ni “Ayollar” deb nomlanadi. Mazkur surada ayollarning barcha huquqlari Alloh tamonidan belgilanib qo’yilgan. Islom dini ayollarning sha’nini ko‘tarib, ularning turmush tarzini go‘zallashtirgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayollarga o‘z erlariga itoat qilishni, erkaklarga esa jufti halollariga mehribonlik qilishni buyurganlar. Qizlarni majburlab erga berish, ularning mollarini yeyishni man qilganlar. Chunki johiliyat davrida ayollar meros ololmas, agar biror kishiga qiz farzand ko‘rganining xabari berilsa, g‘azablanganidan yuzlari qorayib, bo‘zarib ketar edi.

References

Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri. –T.: Toshkent islom universiteti, 2004.

Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. –T.: Maʼnaviyat, 2000.

Burxonuddin Margʻinoniy. Hidoya, I-jild, Nikoh kitobi: –T.: Adolat, 2002.

https://www.bukhari.uz.

https://uza.uz.

Downloads

Published

2023-11-06

Issue

Section

Articles

How to Cite

AYOLLARNING OILADAGI HUQUQLARINING FIQHIY ASOSLARI. (2023). Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences, 2(11), 147-151. https://econferenceseries.com/index.php/srnss/article/view/2933