HUQUQNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARINING HUQUQIY PRETSEDENTGA TA'SIRI
Abstract
Jamiyat rivojlanishi bilan davlat va huquq shakllari ham birgalikda rivojlanib, o‘zgarib bordi. Avvalo, shuni alohida qayd etish kerakki, huquq fanining umumnazariy muammolari orasida huquqiy normalarni ifodalash hamda mustahkamlash shakllari rasman-yuridik mazmundagi huquq manbasi sifatida belgilanadi. Huquq manbasining bunday talqini ma’lum darajada shartli bo‘lib, ushbu tushuncha boshqacha ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, huquq manbasi deganda, huquqiy normalar mazmunini belgilovchi ijtimoiy omillarni; huquqni bevosita ijod qiluvchi kuch bo‘lgan davlatni; huquq to‘g‘risidagi axborot manbalarini tushunish mumkin. Huquq manbasi huquqning normativ tomonini tavsiflash uchun eng muhimlaridan biridir.