HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILIDA TAKROR SO’ZLAR VA ULARNING IFODASI

Authors

  • Yarasheva Shahrizoda Alisher qizi Buxoro tuman 2-umumta'lim maktabi o'zbek tili o'qituvchisi

Abstract

Takror so‘zlarni A.Kononov, E.Sevortyan, N.Baskakov, N.Direnkova, A.Kaydarov va ba’zi bir qator o‘zbek tilshunoslari so‘z yasash usuli deb qaraydilar. S.Fuzailov, U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh. Rahmatullayev, N. Abdurahmonovlar kabi tilshunos olimlar ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar1 A. G‘ulomov bir o‘rinda: “bir ot takrorlanib, yangi ot tug’diradi ” desa, boshqa bir o‘rinda: “ot yoki undov takrorlanib, ravish yasaydi” , deydi, yana bir o‘rinda: “sintaktik usul bilan so‘z yasash reduplikatsiya” deb yozadi. M.Odilov “O‘zbek tilida… takroriy so‘zning yasalishi so‘z yasash hodisasi bo‘la olmasligini” aytadi. A.Abdurahmonov takroriy so‘zlar bilan juft sozlarning farqi haqida yozib: “Takror so‘zlar faqat suhbat jarayonida suhbatdoshlarning irodasi asosida, improvizatsiya asosida hosil qilinadi va suhbatdan keyin yana yo‘q bo’lib ketadi”, - deydi

Downloads

Published

2024-10-11

Issue

Section

Articles

How to Cite

HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILIDA TAKROR SO’ZLAR VA ULARNING IFODASI. (2024). Proceedings of Scientific Conference on Multidisciplinary Studies, 3(10), 331-333. https://econferenceseries.com/index.php/scms/article/view/5798