BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG’LARNING BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH
Main Article Content
Abstract
Maqolada oliy ta'lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag'larning buxgalteriya hisobini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari bayon qilingan. Bunda davlat, xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalarining mulkchilik shakliga ko'ra tarkibi, ularning o'ziga xos bo'lgan farqli jihatlari, ta'lim muassasalaridagi byudjetdan tashqari mablag'larining tarkibiy tuzilishi va buxgalteriya hisobining ob'yektlari tadqiq qilingan. hozirgi kunda halqaro amaliyotda ommalashib borayotgan “universitet 3.0.” va “universitet 4.0.” modellari asosida ta'lim, ilm fan, ishlab chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari, jamiyat va raqamlashtirishni uyg'unlashtirish asosida oliy ta'lim muassasalarining strategik taraqqiyotini ishlab chiqish asosida qo'shimcha moliyaviy mablag'larni jalb qilish yo'llari tavsiya etilgan. oliy ta'lim muassasalarining buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar va byudjetdan tashqari mablag'lari tarkibiy tuzilishi bayon qilingan. Shuning bilan birga ilmiy maqolada oliy ta'lim muassasalarida byudjetdan tashqari mablag'larning buxgalteriya hisobini tashkil qilishni takomillashtirish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan.