MAVZU: VITAMINLARNING ORGANIZM HAYOT FAOLIYATIDA TUTGAN O‘RNI
Keywords:
vitaminlar, askorbin kislota, riboflavin, tiamin, nikotin kislotasi, piridoksin, folat kislota, siankabolamin, retinol, kalsiferol, tokoferol, filloxinonAbstract
Avitaminoz yoki gipovitaminoz – umuman olganda juda keng tarqalgan muammo bo’lib, ayniqsa kuz faslida vitamin yetishmasligi har qachongidan ham ko’ra ko’proq dolzarb bo’lib qoladi. Vitamin yetishmasligi atrof muhit omillari ta’siri, organism uchun zarur bo’lgan vitaminlar kamligi, noto’g’ri ovqatlanish natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, vitamin yetishmasligi quruq teridan tortib, tomir tortishishigacha bo’lgan turli xil alomatlar orqali namoyon bo’ladi. Ushbu ma’ruzada vitamin turlari va ular yetishmaganda organizmda qanday patologik holatlar kelib chiqishi va vitamin yrtishmasligida profilaktik choralar haqida ma’lumotlar keltirilgan.







