BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI AXLOQIY TARBIYALASHDA ONA TILI DARSLARINING AHAMIYATI (2-SINF DARSLIGI MISOLIDA)
Keywords:
Boshlang‘ich sinf, milliy qadriyat, axloq, odob, ona tili darslari, vatanga muhabbat, ajdodlar merosi.Abstract
Boshlang‘ich sinfda o‘tiladigan ona tili darslari bolaning mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatining yaxshi rivojlanishini, kelgusida axloqan sof inson bo‘lishiga yordam beruvchi immunitetni shakllantirishni talab qiladi. Ona tili fani orqali yosh avlodning to‘g‘ri va go‘zal nutqini rivojlantirish, nutqni tafakkur qilish orqali vatanga muhabbat hissini uyg‘otish eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavzuning muhim tomonlaridan yana biri shundaki, axloqiy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalangan insonni salbiy kuchga ega bo‘lgan g‘oya to‘g‘ri yo‘ldan qaytara olmaydi, chunki, uning fikr-hayolida faqat ijobiy bo‘lgan fikr, shuurida esa vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘usi yotadi.