XOZIRGI PAYTDA TILLARNI INTENSIV O'RGANISH USULLARI

Authors

  • Guljaxon Mardanova Furqat qizi Samarqand davlat Chet tillar instituti

Abstract

Insonning ona tili insonni boshqa mavjudotlardangina emas, insonlarning o‘zlarini ham bir-biridan farqlab turuvchi, tabiat tomonidan berilgan eng sodda, shu bilan birga eng murakkab tasnif asosidir. Aynan inson tili uning milliy, jinsiy, shaxsiy belgilari haqida ma’lumotlarni shakllantiradi, saqlaydi va boshqalarga yetkazishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.Jahon madaniyatiga buyuk hissa qo‘shgan mutafakkirlarning barchasi ham ta’lim va tarbiya borasida fikr yuritar ekanlar, bu jarayonda ona tilining o‘rni beqiyos ekanligini qayd etadilar.O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zlarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida: “Ma’lumki, til o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.

Downloads

Published

2023-08-11

Issue

Section

Articles

How to Cite

XOZIRGI PAYTDA TILLARNI INTENSIV O’RGANISH USULLARI. (2023). Proceedings of Scientific Conference on Multidisciplinary Studies, 2(8), 54-59. https://econferenceseries.com/index.php/scms/article/view/2537