JIZZAX VILOYATIDA UCHRAYDIGAN INULA HELENIUM TURINING XO‘JALIK AHAMIYATI

Authors

  • Xushnazarova Nurpari Dilshodjon qizi Jizzax davlat pedagogoka universiteti talabasi

Abstract

Inula L. - Asteraceae L. oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik, balandligi 150-160 sm, qalin, kalta, etdor, ko‘p boshli ildizpoyaga ega, ulardan bir nechta qo‘shimcha ildizlar tarqaladi. Poyasi tik turuvchi, chiziq-chiziqli, kalta, zich, oq tuklar bilan tuklangan, yuqori qismida qisqa shoxlangan. Barglari ketma-ket, yirik, notekis tishsimon, tashqi tomoni biroz burushgan, ostida kulrang yumshoq tuklangan. Gullarining diametri 7,8-8,3 sm bo‘lgan to‘pgul (savatchalar) ichida to‘plangan, asosiy poya va novdalarning yuqori qismida savatchalari zich bo‘lmagan ro‘vak yoki qalqonchani hosil qiladi. Gullari oltinsimon sariq, xira oq rangli, tukli popugi bor. Mevasi 4-5 mm uzunlikdagi to‘rt qirrali qo‘ng‘irrang pistachalardan iborat bo‘lib, uning popugi pistachaga nisbatan ikki baravar uzun.

Downloads

Published

2023-07-07

Issue

Section

Articles

How to Cite

JIZZAX VILOYATIDA UCHRAYDIGAN INULA HELENIUM TURINING XO‘JALIK AHAMIYATI. (2023). Proceedings of Scientific Conference on Multidisciplinary Studies, 2(7), 21-24. https://econferenceseries.com/index.php/scms/article/view/2412