ABDULLA AVLONIY ASARLARIDAGI “CHAQIMCHILIK” UMUMIY MA’NOLI LEKSEMALARNING SINONIMIK MUNOSABATI

Authors

  • Tojiboyeva Mushtariy O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-kurs talabasi
  • F. H. Yuldashev Ilmiy rahbar f.f.f.d

Abstract

Til – ma’naviyat ko‘zgusi. Uning imkoniyatlari cheksiz. Bu imkoniyatlar esa nutq bilangina yuzaga chiqadi. Uning kuch-qudrati nutq jarayonidagina namoyon bo‘ladi. Hazrati Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida til va nutq munosabatini shunday izohlaydi: “Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo’lib chiqsa, tilning ofatidir”.1 Shunday nutq egalari borki, ular so‘zlagan so‘zlarining oqibatida qanchadan-qancha insonlar qalbiga ozor yetadi, ba’zilarning o‘rtasidagi munosabatga ham ko‘pincha insonning nojoiz nutqi natijasida sovuqchilik tushadi. Salbiy xislatlar orasidagi chaqimchilik, g‘iybatchilik, munofiqlik, yolg‘onchilik kabi sifatlar aynan kishilar munosabatiga nifoq solishi shubhasiz. Tilimizda unday so‘zlar talaygina. Quyida ulardan ayrimlarining ma’nolari va sinonimlari haqida ma’lumotlar beriladi.

Downloads

Published

2023-04-12

Issue

Section

Articles

How to Cite

ABDULLA AVLONIY ASARLARIDAGI “CHAQIMCHILIK” UMUMIY MA’NOLI LEKSEMALARNING SINONIMIK MUNOSABATI. (2023). Proceedings of Scientific Conference on Multidisciplinary Studies, 2(4), 284-286. https://econferenceseries.com/index.php/scms/article/view/1724