SURUNKALI KATTARAL RINIT KASALLIGI KELIB CHIQISHI HAMDA UNI DAVOLASH

Authors

  • Ulmasov Alijon Obidovich Andijon davlat tibbiyot instituti Otorinolaringologiya kafedrasi asistenti

Keywords:

Rinit,surunkali kattaral rinit,burun bo'shlig'i,adenoidit,surunkali tonsillit.

Abstract

Rinit — sovqotish, infeksiya, allergiya natijasida burun shilliq pardasining yalligʻlanishi. Mustaqil kasallik yoki infeksion kasalliklar (mas., gripp, difteriya, qizamiq va boshqalar) belgisi boʻlishi mumkin. Rinitda burun yoki tomoq shilliq pardasi shishib, achishadi va quruqshaydi; 3—4 kundan keyin burundan koʻp miqdorda suyuq tiniq shilimshiq keladi. Bemorning umumiy ahvoli aytarli oʻzgarmaydi, harorati, odatda, normal yoki bir oz koʻtariladi (37—37,5°), boshi ogʻirlashib, ish qobiliyati pasayadi; burundan nafas olish qiyinlashadi, baʼzan, koʻz shilliq pardasi yalligʻlanganligi tufayli yosh oqadi, hid bilish pasayadi. Rinit xususan emadigan bolalarda ogʻir kechadi. Ularning burun yoʻllari juda tor boʻlib, burun shilliq qavatining ozgina boʻlsada shishishi burundan nafas olishni qiyinlashtiradi. Natijada jiddiy oʻzgarishlar: tajanglik, uyqu buzilishi, emmay qoʻyish, juda ozib ketish va boshqa kuzatiladi. Baʼzan yalligʻlanish burunhalqum va eshituv nayi shilliq pardasiga, hatto hiqildoq, bronx va oʻpkaga ham oʻtib ketadi. Shuning uchun rinitni zoʻraytirib yubormaslik kerak.

References

A.G. Mexchayev. «Quloq, tomoq va burun kasalliklari*. Moskva «Meditsina», 1977.

B.V.Shevrigin «Bolalar otorinolaringologiyasidan qo‘llanma». Moskva «Meditsina», 1985.

Y.V.Isxaki, L.N.Kalshteyn «Bolalar otorinolaringologiyasi». Dushanbe «Maorif», 1985. mymedic.uz

P.Nikolayevskaya. «Otorinolaringologiyada fizik metodlar bilan davolash». Moskva «Meditsina», 1989.

M.Y.Kozlov. A.A.Levin. «Bolalar surdoaudioloutiyasi». Leningrad «Meditsina», 1989.

Downloads

Published

2023-10-27

Issue

Section

Articles

How to Cite

SURUNKALI KATTARAL RINIT KASALLIGI KELIB CHIQISHI HAMDA UNI DAVOLASH. (2023). Proceedings of International Educators Conference, 2(10), 183-186. https://econferenceseries.com/index.php/iec/article/view/2882