MILLIY URF-ODATLAR VA QADRIYATLARNING MA’NAVIY MADANIYATNING SHAKLLANISHIDA O‘RNI
Main Article Content
Abstract
Shaxs kamolotini manaviyatsiz, ma’naviy madaniy merossiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’naviyat rivojini esa kishilik jamiyatining olg‘a intilishisiz anglab bo‘lmaydi. Biri ikkinchisiga chambarchas bog‘liqdir. Buning uchun esa ijtimoiy jarayonlarda har bir inson faol bo‘lishi lozim. Haqiqiy barkamol inson o‘z manfaatini xalq manfaatidan yuqori qo‘ymaydi, hamisha elga g‘amxo‘r bo‘ladi. Insondagi barcha fazilatlar, qadriyatlari o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, aksincha, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Odamlar tabiatan turlicha bo‘lishi mumkin, shundaylari borki, qalbi misli daryodek keng, buloq suvidek musaffo, sahovatli, muruvvatli, odamoxun, kek nimaligini bilmaydi. Chunki uni o‘rab olgan muhit shunday yaxshi hislatlarga ega bo‘lgan. Yana shunday toifadagi odamlar ham borki, ularda xudbinlik, faqat o‘z manfaatini ko‘zlash, pand berish, kek saqlash ham bo‘ladi. Bundaylar ma’naviy qashshoq insonlar hisoblanadi. Ma’naviy etuk insonlarni tarbiyalash xususida I.A.Karimov shunday degan edi: “Barkamol insonni voyaga etkazish uchun eng avvalo oila, mahalla, jamiyat va davlatning uzviy hamkorligini yuqori pog‘onaga ko‘tarish lozim. Oila - jamiyat asosi, mahalla - milliy qadriyatlar beshigi. Ahil xonadonda, ma’rifatli mahallada, insonparvar jamiyatda zuqqo yigitlar, oqila qizlar, umr bo‘yi elim deb yonib yashaydigan komil farzandlar ulg‘ayadi”[1].
Article Details
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
References
Каримов И.А. Давлат, жамият, оила ва ёшлар тарбияси муаммолари. - Т.: Ўзбекистон“, 1997, 3-бет.
Алимасов В. Конфуцийлик ва Шарқ давлатчилиги.-Т.: Фалсафа ва ҳуқуқ институт нашр. 2006, 53 -бет.
Ўзбек педагогикаси антологияси (икки жилдли). I-жилд.-Т.: “Ўқитувчи”, 1995;
Жумабоев Й. Ўзбекистонда фалсафа ва ахлоқий фикрлар тараққиёти тарихидан. -Т.: “Ўқитувчи”, 1997;
Бобоев Ҳ., Ҳасанов С. «Авесто»-маънавиятимиз сарчашмаси.-Т.: “Адолат”, 2001 ва бошқалар.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг ЮНЕСКО ижроия кенгаши сессиясининг 155-якунловчи мажлисида сўзлаган нутқи // Халқ сўзи, 1998 йил 7 ноябрь.
Ramazonov, J. J. (2021). The role of self-governance in providing personal perfection. Scientific progress, 2(2), 1075-1078.
Ramazonov, J., & Xomidov, M. (2024). Milliy qadriyatlar asosida shaxs ma’naviy kamoloti shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 3(1), 200-202.
Рамазонов, Ж. Ж. (2020). ОИЛАВИЙ ҚАДРИЯТЛАР ТРАНСФОРМАЦИЯЛАШУВИНИНГ ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. In Эффективность применения инновационных технологий и техники в сельском и водном хозяйстве (pp. 594-596).