O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURA ORGANLARINING VUJUDGA KELISHI MUXTASAR TARIXI HAMDA KONSTITUSIYAVIY HUQUQIY MAQOMI MUSTAHKAMLANIB BORISHI

Main Article Content

Bahodirov Muhammad Umedjon o‘g‘li

Abstract

O‘zbekiston Respublikasida Prokuratura organlari tashkil etilishi mustaqillikning dastlabki yillariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 8-yanvar 1992-yilda “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida”gi PF-313-sonli Farmonini imzolagan. Unda, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlar aniq va bir xil ijro etilishi ustidan oliy nazoratni ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, jumhuriyat suverenitetini himoya qilish maqsadida, Ittifoq qaramog‘idagi O‘zbekiston SSR prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga aylantirilishi, Respublika hududida ish ko‘rayotgan O‘rta Osiyo transport prokuraturasi, uning organlari negizida viloyat prokuraturasi huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Transport prokuraturasi tashkil etilib, u O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga bo‘ysundirilishi, Prokuratura O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, Iqtisodiyot komiteti bilan birgalikda bir hafta muddat ichida respublika prokuraturasi organlarining tuzilishiga, ularni moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta’minlashga oid takliflarni ishlab chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi, “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi bir oy muddat ichida tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etilishi, Mudofaa ishlari vazirligida, uning joylardagi boshqarmalari va bo‘limlarida xamda jumhuriyat hududida joylashgan ichki qo‘shinlarda qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi prokurori zimmasiga yuklanishi kabilar keltirib o‘tilgan.

Article Details

How to Cite
Bahodirov Muhammad Umedjon o‘g‘li. (2024). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROKURATURA ORGANLARINING VUJUDGA KELISHI MUXTASAR TARIXI HAMDA KONSTITUSIYAVIY HUQUQIY MAQOMI MUSTAHKAMLANIB BORISHI. Proceedings of International Educators Conference, 3(1), 344–353. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/iec/article/view/3743
Section
Articles

References

O‘zbekiston Respublikasining 8-dekabr 1992-yildagi Konstitutsiyasi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida”gi 8-yanvar 1992-yildagi PF-313-sonli Farmoni;

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi 31-avgust 1991-yilgi 336-XII-sonli qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura to‘g‘risida”gi 29-avgust 2001-yildagi 257-II-sonli qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 15-fevral 2018-yilgi PF-5343-sonli Farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 8-may 2018-yilgi PF-5438-sonli Farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish to‘g‘risidagi 9-dekabr 1992-yildagi 747-XII-sonli qarori;

O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida 29-avgust 2001-yildagi 257-II-son qonuni