GEOTEXNIKADA GRUNTLARNI IN’EKTIRLASH METODI ORQALI GRUNTLARNING MUSTAHKAMLIGINI OSHIRISH

Main Article Content

Akbarova Dilnoza

Abstract

Inshootlarning poydevorlaridagi gruntning fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilashda eng samarali usullardan biri – uni zichlashdir. Zichlash jarayonlari to‘g‘ri bajarilganda poydevorlarning yuk ko‘tarish qobiliyatlari ancha oshadi, inshootdan poydevorga tushadigan og‘irlik bir me’yorda taqsimlanadi, gruntli to‘g‘onlarda esa uning yuqori va quyi prizmalarining ustuvorligi ortib, to‘g‘on tanasidagi filtratsiyalar kamayadi, zichlangan gruntlarning strukturasi esa dinamik va seysmik kuchlar ta’sirida ham saqlanib qolish ehtimolligi oshadi. Maqolada gruntli inshootlar: gruntli to‘g‘onlar, yo‘l qurilishida ishlatiladigan gruntlar uchun mexanik zichlashning nazariy asoslari keltirilib, umumiy holda gruntni zichlash, grunt skletining hajmiy og‘irligi va namligi, grunt zichligi va energiya, zichlashda gruntga berilgan bosim bilan nisbiy deformatsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniqlanib, ularning bog‘lanish grafiklari qurilgan.

Article Details

How to Cite
Akbarova Dilnoza. (2023). GEOTEXNIKADA GRUNTLARNI IN’EKTIRLASH METODI ORQALI GRUNTLARNING MUSTAHKAMLIGINI OSHIRISH. Proceedings of International Educators Conference, 2(10), 20–23. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/iec/article/view/2763
Section
Articles

References

O‘zbekistonda qurilish texnologiyasini takomillashtirish. Ma’ruzalar to‘plami 1-2 qismlar 2012 yil 29-31 oktabr T., 2012 – 126 b

Grigoryan S.S. Tuproq dinamikasining asosiy tushunchalari haqida. // PMM, 2010, jild 24, N6. 1057-1072-betlar.

Savich A.I., Koptev V.I., Nikitin V.I., Yashchenko Z.G. Tog‘ jinslari massivlarini o‘rganishning seysmik-akustik usullari. M.: Nedra, 2019 yil.

Tuproqlarning mexanik xossalari va namlangan lyoss asoslarda binolarni qurish masalalari. Ed. Lomise G.M. Grozniy.2018

Goldstein M.N. Tuproqlarning mexanik xossalari. Tuproqning asosiy komponentlari va ularning o'zaro ta'siri. M.: Stroyizdat, 201.-370 b.