MAVZU: MASSAJ, MASSAJNING RIVOJANISH TARIXI.

Authors

  • Eshonqulova Nargiza Tirkashevna Tayyorladi, Chirchiq tibbiyot kolleji o’qituvchisi

Keywords:

massaj,uqalash,to’qima,teri,qo’llar,tarix.

Abstract

Massaj (arab. — qoʻl tegizmoq) — davolash usuli; tana yoki biror aʼzoga maxsus usulda taʼsir etish. Qoʻl bilan bajariladi, baʼzan asboblar ishlatiladi (vibromassaj). Massajning organizmga taʼsir mexanizmida nerv va gumoral omillar muhim rol oʻynaydi. Massaj taʼsirida terida biologik faol moddalar hosil boʻlib qonga tushadi, ular tomir reaksiyalarida, nerv impulslarini oʻtkazishda va boshqalarda katnashadi. Massaj bevosita taʼsir qilgan joyida toʻqimalarga mexanik taʼsir ham koʻrsatib, limfa, qon, toʻqimalar orasidagi suyuqlik sirkulyasiyasi kuchayadi. Natijada kon va limfa dimlanishi yoʻqolib, moddalar almashinuvi va Massaj qilinayotgan joy terisi orqali nafas olish kuchayadi. Massaj yuraktomir sistemasi ishini yaxshilaydi. Kapillyarni kengaytirib, Massaj qilinayotgan sohanigina emas, balki undan uzoqdagi toʻqimalarning ham (reflektor yoʻl bilan) qon bilan moʻl taʼminlanishiga imkon beradi: qonning arteriya va venalardan oqishi rivojlanadi. Massaj muolajasidan soʻng umumiy ahvol yaxshilanadi, charchoq yoʻqoladi. Umumiy (butun gavda) va mahalliy (gavdaning bir qismi, mas, qoʻl yoki oyoq panjasi) Massaj bor.

References

I Adabiyot. K. E. Ulxo’jaeva “Fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya”

II-Adabiyot. F, SH, Bohodirova. ''Reabilitatsiya, massaj va mehnat bilan davolash”

www.lex.uz www.wikipedia.uz

www.medicum.ru www.medtext.ru.

Downloads

Published

2023-06-21

Issue

Section

Articles

How to Cite

MAVZU: MASSAJ, MASSAJNING RIVOJANISH TARIXI. (2023). Proceedings of International Educators Conference, 2(6), 58-61. https://econferenceseries.com/index.php/iec/article/view/2324