SPORT KURASHIDAGI MASHG‘ULOT JARAYONLARINI TASHKILLASHTIRISH MUAMMOLAR
Main Article Content
Abstract
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi yuqori sport mahoratiga erishishga qaratilgan barcha vositalar sport mashg‘uloti usuliyatlariga kiradi. Harakat faoliyatiga o‘rgatish usuliyatlari jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining umumiy asoslaridan sizga ma’lumdir. Bu yerda ularni sport mashg‘ulotlariga nisbatan aniqlashtirishga to‘g‘ri keladi. Usuliyatlarning asosiy maqsadi harakat malakalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan. Sport mashg‘ulotida belgilangan vazifalariga ko‘ra, qa’tiy reglamentlashtirilgan mashq usuliyatlarining turli xil variantlardan foydalaniladi. Trenirovka mashg‘ulotlaridagi harakat malakalarini takomillashtirish jarayonida standart va almashtirib mashq qilish usuliyati keng qo‘llaniladi.