YANGI O‘ZBEKISTONNING XALQARO MIQYOSDAGI TASHABBUSLARI

Authors

  • Murodxonov Muhammadnur O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Yurisprudensiya (Islom huquqi), 2-bosqich talabasi

Keywords:

huquq, Markaziy Osiyo, delimitatsiya, Konstitutsiya, strategiya, siyosat, xalqaro maydon, tashabbus.

Abstract

Oʻzbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida, mintaqa va global darajada faol tashqi siyosatni yoʻlga qoʻyib, xorijiy hamkorlar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirmoqda. Bunday izchil, aniq va konstruktiv tashqi siyosatni xalqaro ekspertlar va kuzatuvchilar ham eʼtirof etmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalari hamda huquqiy, siyosiy, ma’naviy birdamlik mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik uchun asosiy vazifani bajaradi. Keyingi yillarda mintaqada yanada mustahkamlangan o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlari huquqiy, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda ijobiy natijalar qo‘lga kiritilishida muhim omil bo‘lmoqda. Masalan, O‘zbekistonning qat’iy sa’y-harakatlari tufayli qo‘shni mamlakatlar bilan barcha dolzarb masalalar, jumladan, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir masalalarda kelishuvlarga erishildi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlarining romana-german tizimi asosida shakllangan huquqiy tizim ekanligi ularning istiqbolli rejalari uchun munosib zamin yaratadi. Qolaversa, davlat va jamiyat qurilishida ro‘y berayotgan islohotlar hamda modernizatsiyalash sharoitida davlat va huquqning namoyon bo‘lishi, o‘zgarishi, takomillashuvi o‘z xususiyatlariga ega bo‘lishi tabiiy.

References

Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. -T.: Yuridik adabiyotlar Publish, 2022.

Karlyukevich A., belarus adibi. (Belarusda chop etiladigan “Zvyazda” gazetasining 29-sentyabrdagi sonidan olindi).

“Spot” jurnali. “Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga qanday takliflarni bildirdi?”, 15.09.2023.

Yusupov S. Yangi Oʻzbekistonning global tashabbuslari, 2020 y. 7-oktyabr maqola. www.yuz.uz.

Downloads

Published

2024-06-25

Issue

Section

Articles

How to Cite

YANGI O‘ZBEKISTONNING XALQARO MIQYOSDAGI TASHABBUSLARI. (2024). Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies, 3(7), 1-6. https://econferenceseries.com/index.php/icmsss/article/view/5203