JINOYAT ISHLARINI TERGOV QILISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING PROTSESSUAL JIHATLARI
Main Article Content
Abstract
Yurtimizda “Fuqarolar emas hujjatlar harakatlanadi”1 nomli tamoyil kundan kunga rivojlanib davlat organlari va boshqa tashkilotlarda inson omilini keskin kamaytirib elektron hujjatlar bilan ishlash doirasini jadallik bilan kengaytirmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyоyev tomonidan 2018-yil 14-mаydа “Jinоyаt vа jinоyаt-prоtsessuаl qоnunсhiligi tizimini tubdаn tаkоmillаshtirish сhоrа-tаdbirlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-3723-sоnli qаrоrida jinоyаt vа jinоyаt-prоtsessuаl qоnunсhiligida mavjud bo’lgan bir qator kamchiliklarga to’xtalib o’tilgan, xususan, “Elektron jinoyat ishi” loyihasini takomillashtirish orqali jinoyat ishlari bo‘yicha ish yurituvni elektron shaklda yuritish va protsessual harakatlarni amalga oshirish vaqtida surishtiruv organlarining prokuratura organlari, sudlar va jazoni ijro etish organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan ma’lumotlar almashinuvi imkoniyatini beruvchi himoyalangan tizimni, jumladan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish, jinoyat ishlari bo‘yicha statistika yuritishni avtomatlashtirish orqali joriy qilish, jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv amaliyotida jinoyat-protsessual hujjatlarining yagona elektron shaklini ishlab chiqish, protsessual harakatlarni amalga oshirish tartiblarini, jumladan elektron shaklda sanksiyalar olish orqali soddalashtirish bo’yicha alohida topshiriqlar berib o’tilgan. Ushbu qaror ijrosini ta'minlash bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda va jinoyat protsessual kodeksiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritilgan.
Article Details
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
References
Mirziyoyev Sh.M. Konsitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. T.O‘zbekiston, 2019. 48-b.
Mirziyoyev Sh.M. 2022-уil 22-dеkаbr kuni Оliу Mаjlis vа О‘zbеkistоn xаlqigа уо‘llаgаn murоjааtnоmаsidаn.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –Toshkent: O‘zbekiston, 2023. – 40-b.