O’TA HAVFLI ZOONOZ KASALLIK - QUTURISH
Main Article Content
Abstract
Quturish kasalligi — quturish virusi (Rabies virus) qo’zg’atadigan virusli kasallik, issiqqon hayvonlar va odamlarda uchraydi. Odamga kasallangan hayvonlar tishlaganda yoki tirnaganda ularning so’lagi orqali yuqadi. Virus yuqganda markaziy asab tizimining og’ir progressiv shikastlanishi kuzatiladi.Virus shikastlangan teri orqali asab oxirlari tomon harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga tarqaladi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin. Quturish — har yili minglab o’limga sabab bo’ladigan hayot uchun xavfli kasallik. Itlar — virusni eng keng tarqatadigan hayvonlardir. Odamlarda quturish kasalligining asosiy belgisi — gidrofobiya yoki suvdan qo’rqish snaladi. Avval suv ichishdan qo’rqish kuzatilsa, keyinchalik suvni ko’rganda va suv haqida gap ketganda ham qo’rqish belgilari kuzatiladi. Qo’shimcha ravishda yutunish mushaklarining titroqli harakati, qo’rquv, tutqanoq, nafas olishdagi uzulishlar aniqlanishi mumkin. Tutqanoq tovush va yorug’lik ta’siri oqibatida boshlanadi. Bemor hamma narsani sindirib, odamlarga tashlana boshlaydi, «zo’ravon» hujumdan keyin «jim» — falajlikning boshlang’ich belgisi boshlanadi. Shundan so’ng nafas olish to’xtashi va o’lim sodir bo’ladi. Tishlashdan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lgunigacha bo’lgan vaqt kasallikning inkubatsion davri deb ataladi. Odatda kasallik alomatlari inson kasallanganidan 4-12 hafta o’tib namoyon bo’la boshlaydi. Biroq, inkubatsiya davri bir necha kun yoki olti yilgacha cho’zilishi ham mumkin.
Article Details
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
References
Majidov V.M. Yuqumli kasalliklar, Òoshkent, Ibn Sino, 1993.
Shovahobov Sh.Sh. Yuqumli kasalliklar va eðidemiologiya asoslari, Òoshkent, Ibn Sino, 1997.
Musaboyev E.I., Mamatqulov A.R. Emlashda inyeksiya xavfsizligi. Òoshkent, 2002.
Pokrovskiy V.I., Bulkina I.G. Infeksion kasalliklar bilan bemorlar ðarvarishi va eðidemiologiya asoslari. Òoshkent. Ibn Sino, 1990.
Vafoqulov S.X., Xodiyev X.X., Boyjonov A.Q., Yormuhamedova M.K. Yuqumli kasalliklar fanidan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Samarqand, 2001.
Boyjonov A.Q. Yuqumli kasalliklar bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlashi uchun metodik tavsiyanoma, Òoshkent, 1991.