“TADBIRKORLIK YO’NALISHLARINI TANLASHGA O’RGATISH”
Main Article Content
Abstract
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati foyda olishga yo‘naltirlgan bo‘ladi. Bozor iqtisodi sharoitida bank foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiyiqtisodiy tus olib bormoqda, chunki tijorat banklarining foydasi bank kapitali to‘planishining va bankning rivojlanishining asosiy manbaidir.. Kalit so’zlar: davlat, bank, tadbirkorlik, hizmat, pul, foyda, ish, O’zbekiston, yoshlar, mustaqillik… Azaldan yurtimiz o‘zining bolajonligi, yoshlarning kamoloti barcha davrlarda ustuvor bo‘lib kelgani bilan ajralib turadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyo aholisining 16 foizini yoshlar tashkil qilmoqda. Yurtimizda esa bu ko‘rsatkich e’tirof etsa arzigulik – aholining 60 foizdan oshiq qatlami kelajagimiz davomchilari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu ma’noda ham, O‘zbekistonni yoshlar mamlakati, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yoshlarni ish bilan ta’minlashda ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlarida kichik biznes va tadbirkorlik sohasining rivojlanishii eng asosiy omil va manba bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish, uning qonuniy-me’yoriy asolarini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Kam sarmoya talab qiladigan, tez modernizatsiya qilinadigan va bozor konyukturasining o‘zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha oladigan biznes yuritish zamon talabiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kichik biznes bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldiradigan, iqtisodiyotni tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim sektor hisoblanadi. Yurtimizda tadbirkorlik azaldan xalqimiz uchun xos bo‘lgan va jamiyatda yuksak qadrlangan.
Article Details
This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.
References
“Tadbirkorlik asoslari” U.G’afurov, Q.Sharipov Toshkent “O‘zbekiston” 2018 yil
O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami. T. “O‘zbekiston”, 2012 yil
“Pul muomalasi va kredit” B.D.Sharipov “Ilm va fan” nashriyoti Toshkent 2022 yil
“Banklarda kassa ishini tashkil etish va nazorat qilish” B.D.Sharipov “Ilm va fan” nashriyoti Toshkent 2022 yil
YO.Abdullayev, Sh.Shoha’zamiy, Qimmatli qog‘ozlar. T. “Mehnat”, 2009 yil
SH.Abdullayeva, Pul, Kredit va banklar T. “Moliya”, 2007 yil
Abdullayeva Sh. Pul, kredit va banklar. T.: “Moliya” nashriyoti, 2008y.