BAHOUDDIN NAQSHBAND MA’NAVIY MEROSI

Authors

  • X.U.Samatov Ilmiy rahbar:TATU Samarqand filiali RI 23.10- guruh
  • talabasi Islomov Bekzod Ilg’or o’g’li

Keywords:

Yettinchi pir, zikri xafiy, zikri jahriy, rashhalar, tarkidunyochilik, kasb-kor bilan shug‘ullanish, ijtimoiy faol, so‘fiylik.

Abstract

Ushbu maqolada tarixiy manbalar va tadqiqotlarga tayangan holda Xoja Bahouddin Naqshbandning hayoti, faoliyati va ta’limoti to‘g‘risida nisbatan aniqroq ma’lumotlar berishga hamda bu boradagi yangicha xulosalar bayon etishga harakat qilingan

References

«Qudsiya» («Qudsiy1 so‘zlar») – Bahouddin Naqshbandning turli yig‘inlar va joylarda aytgan qudsiy so‘zlari va qilgani ma’ruzalaridan iborat bo‘lib, uning muridi Xoja Muhammad Porso tomonidan yozib borilgan va Bahouddinning vafotidan so‘ng muridlarining xohishiga ko‘ra to‘planib, kitob holiga keltirilgan.

«Avrod ul-bahoiya» («Bahouddin virdlari»2 ) – rivoyatlarga ko‘ra, Bahouddin tushida Hazrat Rasululloh (s.a.v.)dan o‘rgangan va keyinchalik uning muridlaridan Hamza ibn Shamshod tomonidan alifbo tartibida sharhlanib, kitob holiga keltirilgan virdlar.

«Avrodi sag‘ir» («Qisqa virdlar») – Bahouddin Naqshband tomonidan aytilgan qisqa virdlar to‘plami.

«Voridot» («Ko‘ngildan o‘tgan o‘ylar») – beixtiyor holda xudo tomonidan ko‘ngilga solingan o‘ylar to‘g‘risida.

«Dalil ul-oshiqin» («Oshiqlar dalili») – xudoga ishq yo‘li bo‘lgan suluk va bu yo‘lga kirgan soliklar to‘g‘risidagi asar.

«Hayotnoma» – inson hayoti mohiyati va uni mazmunli o‘tkazish borasidagi nasihatlar va va’zlar to‘plami.

Ruboiylar – Bahouddin Naqshband tomonidan turli so‘fiyona mavzularda aytilgan ruboiylar bo‘lib, turli asarlar tarkibidan joy olgan

Downloads

Published

2023-12-14

Issue

Section

Articles

How to Cite

BAHOUDDIN NAQSHBAND MA’NAVIY MEROSI. (2023). Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies, 2(12), 189-196. https://econferenceseries.com/index.php/icmsss/article/view/3269