BUGUNGI KUNDA MILLIY KONSEPTOSFERALAR TADQIQINING LINGVOMADANIYATSHUNOSLIKKA DOIR ASPEKTLARI
Abstract
Har qanday jamiyatning tili o‘sha jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi sanaladi, til va madaniyat o‘zaro chambarchas bog‘liqdir, madaniyatning rivojlanishisiz tilning rivojlanishini tasavvur qilish mumkin emas. E.Sepir fikri bilan aytganda “ma’lum bir jamiyatning nima qilayotgani va nimani o‘ylayotganiga ko‘ra madaniyati aniqlanadi, til esa, qanday o‘ylayotganini aks ettiradi.”1. Jamiyatdagi moddiy va madaniy qiymatlarning tarixiy o‘zgarishi bilan bir qatorda, albatta, tilda ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va bu o‘zgarishlar tilning barcha qatlamlarida, eng avvalo, leksik qatlamda kuzatiladi. Til, ko‘pgina yetakchi mutaxassislar e’tirof etgandek, kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bir bosqichida tadrijiy ravishda semiotik tizim sifatida vujudga kelib, belgilar sistemasida polifunksional xususiyatga ega hodisa sifatida rivojlangan tizimdir.
References
Сепир Э. Избранные труды по языкознанию и культурологии. – Москва,1993. – C. 37.
Гумбольдт В. фон. Избранные труды по языкознанию. – Москва: Прогресс, 1984. – C. 247.
Кубрякова Е. С. Язык и Знание: На пути получении знаний в языке: Части речи с когнитивной точки зрения. Роль языка в познании мира. – Москва: Языки славянской культуры, 2004. – C. 9; Попова З. Д., Стернин И. А.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.