XALQ OG‘ZAKI IJODIDA ERTAK JANRINI O‘RGANISHNING LINGVOMADANIY ASOSLARI
Abstract
Og‘zaki so‘z san’ati “folklor” yoki “xalq og‘zaki poetik ijodi” atamalari bilan ifodalanadi. Folklor atamasi birinchi marta XIX asr tadqiqotchisi V.Toms tomonidan 1846 yilda qo‘llangan: “folk” – xalq, “lore” – bilim, donolik, donishmandlik, ya’ni “xalq donishmandligi” degan ma’noni anglatadi. Folklor termini turli mamlakatlarda turli ma’noda qo‘llanadi. Masalan, Angliya va AQShda xalq badiiy faoliyatining barcha turi “poetik ijod”, ya’ni musiqa, raqs, teatr, tasviriy va amaliy san’at, shuningdek irim-sirim, ishonch-e’tiqod va urf-odatlar shu termin bilan ataladi. Folklor deganda asosan xalq og‘zaki ijodi tushuniladi. Folklorda so‘z, kuy va ijro birligi doimo saqlanadi. Xalq og‘zaki ijodi uzoq davrlardan beri tarixning yo‘ldoshi, uning chinakam aks-sadosi bo‘lib kelgan, u tarixiy voqealarni xalq ommasining tushunchasi nuqtai nazaridan kelib chiqib, badiiy formalarda baholanadi. Xalq og‘zaki ijodini o‘rganuvchi fan “folklorshunoslik” deb yuritiladi. Bundan tashqari folklor asarlari bilan bir qancha fanlar shug‘ullanadi1. Tarixchilar tarixiy voqealarning xalq og‘zaki ijodida qanday aks etganini o‘rganadi. Etnograflarni xalqning urf-odatlari qiziqtirsa, san’atshunoslar esa folklordagi musiqa, raqs, o‘yin va boshqalarni o‘rganadilar. Tilshunoslar xalq og‘zaki ijodi tilining lahja va shevalari bilan, adabiyotshunoslar folklor asarlarining yozma adabiyot bilan munosabatlarini tekshiradi. Folklor asarlari xalq hayotini aks ettiradi, xalqning olam haqidagi tushunchalarini uning didi, zavqini, ijtimoiy, tarixiy, siyosiy, falsafiy va badiiy estetik qarashlarni o‘zida mujassamlashtiradi2.
Folklor hamma zamonlarda ham ijod sarchashmasi hisoblanib keladi. Zero, insoniyat ilk ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab alla, qo‘shiq, afsona, ertak va dostonlarda o‘zining yuksak orzu-umidlari, zavq-shavqi-yu, kurashlarini ifodalagan. Xalq og‘zaki ijodi o‘zining tematik rang–barangligi, yuksak optimistik g‘oyalar bilan yo‘g‘rilganligi, xalq turmushi, urinishi, mehnati yuksak ideallarga maskanligi, xullas, xalq hayotining barcha tomonlari bilan uzviy bog‘liqligi bilan ham g‘oyatda e’tiborlidir3.
References
Сафаров О. Фольклор – бебаҳо хазина. Сайланма. – Тошкент: “Муҳаррир”. 2010. – Б. 360
Азадовский М.К. Статьи о литературе и фольклоре. – Москва: Гослитиздат, 1960. – C. 547.
Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос. – Москва, 1947. – С. 518.
Мирзаева С. Ўзбек реалистик адабиётида фольклор анъаналари. – Тошкент:”Истиқлол”, 2005. – Б. 83
Аникин. В. П. Русское устное народное творчество. – Москва, 2001. – С. 447
Веселовский А. Н. Три главы из исторической поэтики // Историческая поэтика. – Ленинград, 1940. – C. 317
Худяков. И.А. Великорусские сказки. Великорусские загадки Текст. СПб: Тропа Троянова, 2001. – C. 413
Афанасьев А. Н. Народные русские сказки в трех томах. – Москва,1957. – С. 127
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial 4.0 International License.