111"ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING "BOBURNOMA" ASARINI FRANSUZ TILIGA TARJIMA QILISH JARAYONIDA MILLIY KOLORITNI SAQLASH VA QAYTA YARATISHDA YUZAGA KELGAN MURAKKABLIKLAR"

Main Article Content

Barno Normatova Qodirjon qizi

Abstract

Barchamizga ma’lumki, tarjima o’ta nozik jarayon bo’lib, bunda tarjimon bor mahoratini ishga solib uni qayta yaratish ustida tinimsiz samarali izlanishlar olib borishi talab etiladi. Uning dolzarbligi shundaki, kitobxon uchun notanish bo’lgan asar albatta tarjimon orqali yetib keladi va bu asardan ma’naviy ozuqa olishda yoki umumiy tasavvurga ega bo`lishda qayta yaratilgan asarning asliga muqobilligi juda muhimdir. Shu o`rinda A.Mo`minova bu haqida shunday fikr bildiradi: “ Tarjima bilan shug’ullanuvchi shaxs, ya’ni tarjimon ikki til, ikki millat o’rtasidagi ko’prikdir, uning tarjima qilish qobilyati orqali xalqning, millatning eng nozik qirralari aks ettiriladi” [Mo’minova, 2016]. Darhaqiqat, butun bir xalqning madaniyati,turmush tarzi,an’analari va dunyoqarashi albatta uning tilida namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham bu jihatdan tarjimon zimmasida turgan mas’uliyat juda katta. Ayniqsa muayyan xalq tiliga mansub bo’lgan milliy so`zlarni ya’ni xos so’zlarni tarjima qilishda tarjimonning yondashuvi alohida e’tiborga molikdir. Chunki tarjimon asarni qanday ko’z bilan ko’rsa o’quvchi ham shundayligicha qabul qiladi, xulosa chiqaradi.

Article Details

How to Cite
Barno Normatova Qodirjon qizi. (2023). 111"ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING "BOBURNOMA" ASARINI FRANSUZ TILIGA TARJIMA QILISH JARAYONIDA MILLIY KOLORITNI SAQLASH VA QAYTA YARATISHDA YUZAGA KELGAN MURAKKABLIKLAR". Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies, 2(4), 44–46. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/icmsss/article/view/1669
Section
Articles

References

REFERENCES 1. Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент, “Шарқ” НМАК, 2002, 243-244-б.

Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Тошкент. 2000-2006, 424-б.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Тошкент. 2006-2008, 532-б.

Саломов Ғ. Таржима назарияси асослари. Т.: «Ўқитувчи». – 1983. – 230б.

Pave de Courteille-Mémoires de Baber Zahir-Ed-Din Mohammed. PARIS. MAISONNEUVE & Cie , LIBRAIRES – ÉDITEURS 15 , QUAI VOLTAIRE , 15 , 1871

Pave de Courteille. Dictionnaire Turk-Orientale. Paris. 1870.

www.wikipedia.org