SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA MAYMUNJON YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI

Main Article Content

1Turakulov Umid Xayitovich, 1Temirov Elmurod Eshboy o‘g‘li, 2Kasimbaev Avazbek Xaitbekovich

Abstract

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati tuproq-iqlimi sharoitida maymunjon yetishtirish istiqbollari yoritilgan. Tadqiqot ob’ekti sifatida maymunjonning Chester Tornless va Karakablek navlari xizmat qilgan. Ushbu nav o‘simliklarini Surxondaryo viloyati tuproq-iqlimi sharoitida o‘sishi va rivojlanishining morfo-biologik xususiyatlari o‘rganilgan. Kuzatuvlar natijasida viloyat tuproq-iqlimi sharoitida maymunjondan eng ertagi – may oyining oxirgi o‘n kunligida hosil olish mumkinligi isbotlangan. Shuningdek, maymunjon ko‘chatlarini yashil qalamchalash usulida yetishtirish tajribada sinalgan. Tajriba sun’iy tuman hosil qiluvchi avtomat qurilma bilan jihozlangan plyonkali istilmaydigan inshootda qum, biogumus va chim tuproq qatlamlaridan iborat sun’iy substratda o‘tkazilgan. Tajribada yashil qalamchalarga o‘sishni boshqaruvchi modda IMKning 50 mg/l konsentratsiyasi bilan 2 soat mobaynida ishlov berilgan. Ushbu usulda ko‘paytirilganda maymunjon yashil qalamchalarining ildiz oluvchanligi qariyb 94,3% gacha yetgan.

Article Details

How to Cite
1Turakulov Umid Xayitovich, 1Temirov Elmurod Eshboy o‘g‘li, 2Kasimbaev Avazbek Xaitbekovich. (2022). SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA MAYMUNJON YETISHTIRISH ISTIQBOLLARI. Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities, 2(1), 25–29. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/icedh/article/view/774
Section
Articles

References

Vladimirov S. Razmnojеniе еjеviki chеrеnkami: obzor luchshix mеtodov i rеkomеndatsii.https://klumba.guru/yagody/razmnozhenie-ezheviki-cherenkami.html

Dobrеnkov Е.A. Adaptivniy potеnцial еjеviki v klimatichеskix usloviyax Zapadnogo prеdgorya Sеvеrnogo Kavkaza. – Avtorеf. kand.diss...s.-x. nauk. – Sankt-Pеtеrburg, 2002. – S. 3-8.

Zaxarova M.V. Osobеnnosti kulturы еjеviki na Sеvеro-Zapadnom Kavkazе. – Avtorеf. kand.diss...s.-x. nauk. – Krasnodar, 2002. – S.3-5.

https://hi-chef.ru/product/ezhevika/#:

https://agronomu.com/bok/1218-poleznye-svoystva-ezheviki-primenenie-v-narodnoy-medicine-i-protivopokazaniya.html