ONA TABIAT VA UNING BOYLIKLARI, NOYOB O‘SIMLIK VA HAYVON TURLARI DAVLAT NAZORATIDA

Main Article Content

Xakimov O’ktam Toshbotirovich
Adilov Sobit Uktamovich
Mamanazarov Jaloliddin Kamolboyevich
Babayeva Zarifaxon Aktam qizi

Abstract

Bizni qamrab turgan tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, inson manfaatlarini ko‘zlagan holda ongli ravishda o‘zgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning go‘zalligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi tabiatni muhofaza qilish hisoblanadi. Insoniyat jamiyati paydo bo‘libdiki tabiiy boyliklardan har-xil maqsadlarda foydalanib keladi. Natijada o‘simlik va hayvonot olamining sezilarli darajada kamayib borishiga, hattoki ayrim turlar sonining yo‘qolib ketish havfi yuzaga kelmoqda. Bu esa hozirgi kunga kelib, tabiatni tegishlicha muhofaza qilishni taqozo etadi. Maqolada tabiiy boyliklarni, o‘simlik va hayvonot olamining xilma-xilligini asrash borasida mamlakatimizda qo‘riqxonalar, buyurtma qo‘riqxonalari, biosfera rezervati, milliy tabiat bog‘lari, pitomnik, tabiat yodgorliklari tashkil etilgan bo‘lib noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qolganlarini saqlab qolish hamda ko‘paytirishdek davrimiz uchun o‘ta dolzarb muammolarni hal etishdagi muhim o‘rni haqida fikr boradi.

Article Details

How to Cite
Xakimov O’ktam Toshbotirovich, Adilov Sobit Uktamovich, Mamanazarov Jaloliddin Kamolboyevich, & Babayeva Zarifaxon Aktam qizi. (2022). ONA TABIAT VA UNING BOYLIKLARI, NOYOB O‘SIMLIK VA HAYVON TURLARI DAVLAT NAZORATIDA. Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities, 1(2), 234–243. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/icedh/article/view/277
Section
Articles