OLIY TA’LIMDA ESKI O‘ZBEK ADABIY TILINI O‘QITISHDA PEDAGОGIK TEXNОLОGIYALARDAN FОYDALANISH (A.NAVOIYNING “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONI MISOLIDA)

Main Article Content

Isoqova Muslima Baxtiyorovna

Abstract

Har bir davlatning kelajagi va uning ravnaqi dastavval ilm-fan taraqqiyoti hamda ta’lim-tarbiyaning rivojlanishi va takomillashishi bilan belgilanadi. Shu bois O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ilm-fan, ta’lim-tarbiya va kasb-hunar o‘rgatish hamda sifatli kadrlar tayyorlash masalalariga davlatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishilaridan biri sifatida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, har bir ta’lim oluvchilarda chuqur va mustahkam bilim, teran fikr, yuksak ma’naviyat va madaniyat, ijodkorlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni tarkib toptirishga e’tibor kuchaydi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli jamiyatning barcha sohalari jumladan, ta’lim tizimida ham so‘ngi yillarda keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda.Mamlakatimizda ilm-fan,texnika va texnologiyalarning so‘ngi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo etish vaqt o‘tgan sari dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmonida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi davlat dasturi tasdiqlandi. 2019-yil 8-oktabrdagi PF—5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohatlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi[1;1].

Article Details

How to Cite
Isoqova Muslima Baxtiyorovna. (2023). OLIY TA’LIMDA ESKI O‘ZBEK ADABIY TILINI O‘QITISHDA PEDAGОGIK TEXNОLОGIYALARDAN FОYDALANISH (A.NAVOIYNING “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONI MISOLIDA). Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities, 2(2), 33–40. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/icedh/article/view/1123
Section
Articles

References

https://lex.uz/

https://www.elib.buxdu.uz/index.php/alisher-navoiy-ozbek-adabiytiliningasoschisi

Abdurahmonov G‘., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. –T.: «Fan», 1984.81-88.B

B.To‘xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova.; O‘zbek tili o‘qitish metodikasi Toshkent-2016.108-112.B

Read more: https://uz.lyricsus.com/farhod-va-shirin/dedi/