FARG'ONA- TOSHKENT MAQOM YO'LLARI

Main Article Content

Johongir Shamanov
R. Abdullayev

Abstract

O’zbek xalqining musiqa madaniyati ko’p asrlik tarixga ega, ko’pgina sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida haror topgan xalq hamda og’zaki an'anadagi professional musiqa san'ati bu haqda guvohlik beradi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha, bugungi O’zbekiston territoriyasida O’rta Osiyo xalqlari ajdodlari yaratgan qadimgi sivilizasiya mavjud bo’lgan. Arxeologiya ma'lumotlari, tasviriy san'at asarlari (sharq poetik ijodiyoti asarlarida tasvirlangan miniatyuralar), sharqshunoslarining yangi tadqiqotlari va, nihoyat o’rta asrdagi O’rtaOsiyo olimlarining musiqiy risolalari tarjimasi o’zbek xalqi musiqa madaniyati taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur qilishimizga yordam beradi. O’zbek xalqi ajdodlarining musiqa sarchashmalari O’rta Osiyo territoriyasida yashagan hardosh xalqlar, birinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam bog’langan. Bu musiqa asarlarning X-XI asrgacha (ya'ni bu xalqlar aktiv chegaralangunlarigacha) o’zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o’zbek va tojik musiqa madaniyatlarining shakllanishi uchun mumiy asos bo’lib xizmat qildi.

Article Details

How to Cite
Johongir Shamanov, & R. Abdullayev. (2022). FARG’ONA- TOSHKENT MAQOM YO’LLARI. Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities, 1(2), 20–29. Retrieved from https://econferenceseries.com/index.php/icedh/article/view/107
Section
Articles